chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

O‘zbekistonlik parakanoechi Tokio-2020 paralimpiyadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

SPORT
23-avgust 2019
12

Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchi Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik parakanoe ishtirokchisi Tokio-2020 Paralimpiyadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqaning parakanoe yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvda O‘zbekiston vakili Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

6 ta ishtirokchi Tokio-2020 paralimpiyasiga yo‘l oladi

Parakanoening VL3 yo‘nalishida ishtirok etgan Hayitmurod Sherqo‘ziyev final bahsida marraga to‘rtinchi bo‘lib keldi. Quyi pog‘onalarni esa Avstraliya, Braziliya, Buyuk Britaniya vakillari egallagan.

Belgilangan tartibga ko‘ra, 6 ta o‘rinni egallagan ishtirokchilar 2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi.

1. Kurtis Makgret (Avstraliya) – 47.52 min

2. Kaio de Karvalьyu (Braziliya) – 47.53 min

3. Styuard Vud (Buyuk Britaniya) – 48.42 min

4. Hayitmurod Sherqo‘ziyev (O‘zbekiston) – 48.52 min

5. Patrik O’Liri (Irlandiya) — 49.27 min

6. Yegor Firsov (Rossiya) — 49.85 min

 

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16