chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Velosport: Murodjon Xolmuratov oltin medal sohibi

SPORT
11-Sentabr 2019
112

O‘zbekistonlik velosportchi Murodjon Xolmuratov Osiyo kubogi bahslarida oltin medalь hamda Tokio Olimpiadasi uchun 200 reyting balliga ega bo‘ldi.

Velosport: Murodjon Xolmuratov oltin medalь sohibi

Hindistonda velotrek bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari davom etmoqda. Bugungi kun dasturlari O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Murodjon Xolmuratov 41 ochko jamg‘ardi

Erkaklar o‘rtasida 30 kilometr masofada kechgan ochkolar poygasi yo‘nalishida Murodjon Xolmuratov 41 ochko bilan oltin medalь qatori Tokio Olimpiadasi uchun 200 reyting ballini ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi. Kumush va bronza medallari esa BAA vakili Ahmad Almansuri va eronlik Hamid Jannatga nasib etdi.

Danil Yevadakimov esa 4-pog‘onada

Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan yana bir O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Danil Yevadakimov esa to‘rtinchi pog‘onani band etdi.

 

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16