chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

O‘zbekistonlik baydarkachilar jahon chempionida uchinchi bo‘lishdi

SPORT
23-avgust 2019
103

O‘zbekistonlik baydarkachilar Vengriyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida faxrli uchinchi o‘rinni egallashdi.

O‘zbekistonlik baydarkachilar jahon chempionida uchinchi bo‘lishdi

Vengriyaning Tseged shahrida davom etayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionatining 200 metr masofaga kechgan final bellashuvida o‘zbekistonlik sportchilar uchinchi o‘rinni egallashdi.

O‘zbekistonliklar uchinchi

O‘zbekistonlik Artur Guliev hamda Elyorjon Mamadaliev marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tishdi va jahon chempionatining bronza medali bilan taqdirlandilar. Yigitlarimiz ushbu masofani bosib o‘tish uchun 36.42 soniya sarflashdi.

Musobaqaning 1 o‘rni ispaniyalik sportchilar Alьberto Pedredo va Pablo Granaga, 2 o‘rni polьshalik sportchilar Mixal Lubneski va Arsen Slivinskilarga nasib qildi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16