chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Formula-1 chempioni Shumaxer o‘ziga keldi

SPORT
11-Sentabr 2019
298

2013-yil qishda boshidan jiddiy jarohat olgan Formula-1ning yetti karra chempioni Maykl Shumaxer o‘ziga keldi.

Formula-1 chempioni Shumaxer o‘ziga keldi

Alp tog‘larida chang‘i uchayotgan vaqtida yiqilib, boshidan jiddiy jarohat olgan M.Shumaxer shu paytgacha komada yotgan edi. 9-sentabr kuni chempion Parijdagi Jorj Pompidu kasalxonasida o‘ziga keldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Shumaxerning davolanishi davom etadi

Avvalroq OAV 50 yoshli sportchini Parij kasalxonasining yurak-qon tomir jarrohligi bo‘limiga olib borgani haqida xabar bergan edi. Endi uning sog‘lig‘i haqida yurak kasalliklari mutaxassisi, professor Filip Menashe qayg‘uradi. "Ha, u mening bo‘limimda. Sizni ishontirib aytamanki, u o‘ziga keldi", - deydi professor.

Maykl og‘ir komani boshdan o‘tkazdi

Shumaxer deyarli 6 oldin Fransiyaning Meribel shahrida chang‘ida ketayotganda jiddiy jarohat olgan edi. Chempion bosh miya jarohati olgan va miyaning ikkala yarim shari ham bir necha yil davomida komada bo‘lgan.

OAV o‘tgan yili chempionni to‘shakda emasligi, sog‘ligi yaxshilanib qolgani to‘g‘risida xabar bergan edi.

Chempion haqida oxirgi yangiliklar

So‘nggi 4 yil ichida Shumaxer Jeneva ko‘li bo‘yidagi o‘z villasida davolangan.

O‘tgan yili Shumaxer va uning oilasi Jenevadagi villani tark etib, Malyorka qishlog‘idagi ta’tilni o‘tkazishgan, shuningdek, Rojdestvo, Yangi yil va chempionning tug‘ilgan kunini nishonlashgan.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16