chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Rasul Kusherbayev: Oliy Majlis deputatlariga quyi Kengashlarning “eshigi yopildi”

SIYOSAT
11-Sentabr 2019
197

O‘zbekistonda 1995-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida”gi qonuni o‘z kuchini yo‘qotdi. Buning ortidan Oliy Majlis deputatlari quyi Kengashlar ishida ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘ldi.

Rasul Kusherbaev: Oliy Majlis deputatlariga quyi Kengashlarning “eshigi yopildi”

Deputat Rasul Kusherbayev “O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida”gi qonun o‘z kuchini yo‘qotishi ortidan deputatlar qator huquqlaridan mahrum bo‘lganligi haqida yozdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputati Rasul Kusherbaevning yozishicha, 1995 yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni o‘z kuchini yo‘qotgan. Bu 4-sentabrda “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga asosan amalga oshirilgan.

Quyi Kengashlar "eshigi yopilishi" – eng katta yo‘qotish

Kusherbayevga ko‘ra eng katta yo‘qotish deputatning quyi Kengashlar ishida qatnashishidan mahrum etilgani bo‘lgan. 

U endilikda Oliy Majlis deputati zarur hollarda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari majlislarida maslahat ovozi bilan ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘lganini yozgan. Shuningdek, deputat bu, ayniqsa, “snos” masalalarida alohida ahamiyat kasb etishini qayd etgan.

“Masalan, Oliy Majlis deputati zarur hollarda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari majlislarida maslahat ovozi bilan ishtirok etib, deputatlarning barcha vakillik bo‘g‘inida hamkorligini ta’minlash, sessiya davomida o‘z taklif va fikrlarini bildirishi mumkin edi. Bu ayniqsa, Oliy Majlis deputatlarining quyi Kengashlar tomonidan ko‘rib chiqilayotgan masalalarning amaldagi normativ huquqiy hujjatlarga mos va muvofiqligini ko‘rib chiqish masalan, qonunlarga zid holda “snos” qilish, fermerlarning erlarini olib qo‘yish, hokimliklar hisobotini tinglashda alohida ahamiyat kasb etardi. Afsuski mazkur huquqning yo‘qolishi qonunan Oliy Majlis deputatlariga quyi Kengashlarning eshigi yopilishiga olib keldi”, deb yozgan Kusherbayev.

Deputatlar uchun huquqiy yordam ham “otmen

U deputatlar faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy masalalarda soha xodimlari tomonidan yordam olish huquqidan ham mahrum bo‘lganini ham yozgan.

“Shu bilan birga, deputatlar hokimliklar, korxonalarning, tashkilotlarning, ilmiy, yuridik muassasalarning, o‘quv yurtlarining ma’muriyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan uning deputatlik faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy masalalarda yordam olish huquqidan ham mahrum bo‘ldilar”, deb yozgan R.Kusherbayev.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16