chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Rasul Kusherbayev: Deputatlar huquqi cheklanmoqda

SIYOSAT
11-Sentabr 2019
34

O‘zbekistonda 1995-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida”gi qonuni o‘z kuchini yo‘qotdi. Bu deputatlarning jamoat muhokamalaridagi ishtirokni cheklashi mumkin.  

Kusherbaev: Deputatlar huquqi cheklanmoqda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputati Rasul Kusherbayev O‘zbekistonda deputatlar bir qator huquqlaridan mahrum bo‘lganligi haqida yozdi. Endilikda deputatlarinng yozma yoki og‘zaki so‘rovlari javobsiz qolishi mumkin. 

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputati Rasul Kusherbayev. 

Deputatlar maqomi to‘g‘risidagi qonun kuchini yo‘qotdi

Kusherbayevning yozishicha, 1995-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni o‘z kuchini yo‘qotgan. Bu 4-sentabrda “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga asosan amalga oshirilgan. 

Qonundagi huquqlar boshqa qonunlarda mavjud bo‘lmagan

Deputatning ta’kidlashicha, kuchini yo‘qotgan qonunda deputat faoliyatining kafolatlariga oid boshqa qonunlarda mavjud bo‘lmagan va amaliyotda g‘oyatda muhim hisoblangan bir qator huquq va vakolatlar mavjud bo‘lgan. 

Takliflar javobsiz qolishi mumkin 

Deputatning fikriga ko‘ra,  deputatlar sessiyada og‘zaki bildirgan yoki sessiyada raislik qiluvchiga yozma ravishda bergan taklif va mulohazalari  javobsiz qolishi mumkin.

“Xususan, bekor qilingan qonunning 13-moddasiga ko‘ra,  deputatlar sessiyada og‘zaki bildirgan yoki sessiyada raislik qiluvchiga yozma ravishda bergan taklif va mulohazalar hokimiyat vakillik organi, uning qo‘mitalari yoki komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi yoxud ko‘rib chiqish uchun tegishli davlat organlari, jamoat birlashmalarining organlari va mansabdor shaxslarga yuborilishi belgilangan edi”, deb yozadi R.Kusherbayev.

Deputatning muhokamalarda ishtiroki cheklanishi xavfi tug‘ildi

Shuningdek, deputatlar uchun fuqarolarning muhim manfaatlariga taalluqli bo‘lgan har qanday masala ko‘rib chiqilishi chog‘ida ishtirok etish kafolatidan mahrum bo‘lish xavfi paydo bo‘lgan.

Deputatga ko‘ra, mazkur qonunda deputat o‘z vakolatlari doirasida hokimiyat vakillik organi nazorati ostidagi tashkilotlarda fuqarolarning manfaatlariga taalluqli bo‘lgan har qanday masalaning ko‘rib chiqilishi chog‘ida ishtirok etishi mumkinligi kafolatlanganligini ta’kidlagan.  

“Endilikda deputatda har qanday masala emas balki hokimlik, idora va tashkilot ruxsat bergan masalalardagina ishtirok etishi mumkinligi xavfi paydo bo‘ldi. Bu ham deputat uchun adolatni tiklash va amalga oshirishda katta yo‘qotish, deyish mumkin”, deydi deputat.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16