chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Forbes: “O‘zbekiston – yangi ipak yo‘lining yashirin javohiri”

SIYOSAT
11-Sentabr 2019
63

Rayner Maykl Prayss Forbes’da chop qilgan maqolasida Xitoyning yangi ipak yo‘li loyihasida O‘zbekistonni “yashirin javohir” deb atadi. Maqola muallifiga ko‘ra, mamlakat sarmoyadorlar uchun eng yaxshi joy bo‘lishi mumkin.

Forbes: “O‘zbekiston – yangi ipak yo‘lining yashirin javohiri”

Forbes nashrida ekspert Rayner Maykl Prayss muallifligida “O‘zbekiston Xitoy yangi ipak yo‘lining yashirin javohiri” nomli maqolasi e’lon qilindi.

Forbes: “O‘zbekiston – yangi ipak yo‘lining yashirin javohiri”

Xitoy – AQSh savdo urushi O‘zbekistonni muhimligini oshiradi

Muallifga ko‘ra, Samarqand va Toshkentni bog‘laydigan 344 kilometrlik tezyurar temir yo‘llari AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi fonida jahon savdosida muhim rolni o‘ynashi mumkin. O‘zbekiston bundan tashqari Toshkentda 1,7 mlrd dollarlik biznes va moliyaviy xab tashkil qilmoqda.

Iqtisodi tez o‘sayotgan mamlakatlardan biriga aylandi

Mirziyoyev prezidentligida esa mamlakat iqtisodi tez rivojlanayotlar qatoriga kirgan. Atigi ikki yil ichida davlat iqtisodiy va ijtimoiy botqoqlikdan erkin bozor iqtisodiga o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Olib borilgan siyosatlar natijasida mamlakatga turistlar oqimi 2018-yilda ikki baravarga ortgan.

Xorijlik sarmoyadorlar uchun "ochilmagan tilla sandiq"

Bundan tashqari muallif O‘zbekistonning bank sektorini ham xorijlik sarmoyadorlar uchun navbatdagi imkoniyat deb atadi. Unga ko‘ra, aholining katta qismi bank hisoblariga ega emas va 5% aholi omonat hisoblariga ega. Boisi ko‘pchilik hamon naqd pulda maosh oladi. Bunday holat hukumatning maoshlarni bank hisoblari orqali berishga majburlovchi yangi qonun qabul qilishi ortidan o‘zgaradi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2018-yilda 6% ga o‘sdi. Xalqaro valyuta fondi esa yaqin bir necha yil bu ko‘rsatkich 8% bo‘lishini prognoz qilmoqda. 33 millionlik mamlakat aholisining 64% 35 yoshgacha ekanligi imkoniyatlar ko‘pligini anglatadi.

YaIM pastligi muammosi

Shu bilan birga, O‘zbekistonda YaIMning aholi jon boshiga eng past ko‘rsatkich – 1500 dollarni tashkil qiladi. O‘zbekistondan besh karra kam aholiga va tabiiy resurslarga ega bo‘lmagan Gruziyada esa YaIM 4500 dollarga teng. Neftga boy Qozog‘iston esa 9 ming dollarni tashkil qiladi. Eng muhimi O‘zbekiston Markaziy Osiyoning barcha davlatlari va Afg‘oniston bilan chegaradosh. Bu esa uni Xitoyning “Bir kamar – bir yo‘l” loyihasida muhim bo‘g‘inga aylantiradi.

AFC Uzbekistan xususiy investitsion fondi ijrochi direktori Skott Osheroffga ko‘ra, ko‘pchilik O‘zbekistonni etarlicha baholamayapti. “Bu vaqt masalasi. Xorijlik investorlar O‘zbekistonda nima bo‘layotganini tushunib etishlari bilan o‘zgaradi”.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16