chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Skarlett Yoxansson — eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisa

LIFESTYLE
24-avgust 2019
208

Forbes nashri eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisalar ro‘yxatini e’lon qildi. Aktrisa Skarlett Yoxansson 56 mln AQSh dollar daromadi bilan etakchilik qilmoqda.

Skarlett Yoxansson  — eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisa

Skarlett Yoxansson ketma-ket ikki yil davomida Forbes'ning eng ko‘p maosh oladigan aktrisalar ro‘yxatidan o‘rin oldi. U yiliga 56 mln AQSh dollar daromadga ega.

Ushbu yirik summanining asosiy qismini aktrisa Marvel studiyasida tomonidan suratga olingan “Qasoskorlar: Final” hamda 2020-yilda katta ekranlarga chiqarilishi kutilayotgan “Qora beva” kartinasidan olgan. Ikki filmda ijro etgan rollari uchun  35 mln AQSh dollarga ega bo‘lgan.

2019 yilning eng ko‘p haq oladigan aktrisalari  5 taligi

1. Skarlett Yoxanssonning daromadi 56 mln AQSh dollari

2. “Amerikancha oila” (Modern family) komediya filmidagi roli bilan tanilgan Kolumbiya va Amerika aktrisasi Sofiya Vergara ikkinchi o‘rinni egalladi. Nashrning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, aktrisa 44,1 mln AQSh dollar daromad oldi.

3. Riz Uizerspun 35 mln AQSh dollar foyda olgan aktrisa sifatida turibdi.

4. "Oskar" mukofoti sovrindori Nikol Kidman 34 mln AQSh dollar daromad topdi. 

5. Amerikalik Jennifer Eniston 28 mln AQSh dollar ishlab topdi. 

Umuman olganda, eng ko‘p haq to‘lanadigan 10 ta aktrisalar ro‘yxatiga kiruvchi ayollar 2018-yil 1-iyundan 2019-yil 1-iyungacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida soliqlarsiz 314,6 ml AQSh dollar olishgan. Ta’kidlanishicha, o‘tgan yilgi jami daromadga nisbatan 69 foizga o‘sgan bo‘lishiga qaramay, eng ko‘p haq to‘lanadigan 10 ta aktyorning daromadidan (588,3 mln AQSh dollar) ancha past.   

Avvalroq, 2019-yilning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlar ro‘yxati xabar berilgan edi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16