chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Dunyo xalqlarining g‘aroyib bayramlari haqida bilasizmi?

LIFESTYLE
25-avgust 2019
98

Yer sharida qancha xalq bo‘lsa, shuncha bir-biriga ayni o‘xshamagan odatlar bor. O‘z madaniyatiga o‘rgangan odam uchun esa boshqa xalqlarning odatlari ko‘pincha g‘alati va noodatiy ko‘rinadi.

Dunyo xalqlarining g‘aroyib bayramlari haqida bilasizmi?

Dunyoda g‘aroyib bayramlar va festivallar ko‘p.Quyida ana shunday g‘alati bayramlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

Lopburi, maymunlar uchun ziyofat – Tailand

Har yili noyabr oyining oxirgi dam olish kuni Tailandda dunyodagi eng katta bayram – Lopburi maymunlari  uchun ziyofat o‘tkaziladi. Lopburi qishlog‘i atrofidagi o‘rmonda yashovchi maymunlar ochko‘zligi bilan tanilgan.Ular bu yerga kelganlarning yeguliklarini tinmay yeb qo‘yavergani sabab odamlar maymunlar bilan kurashishni emas, balki ularni qabul qilishni so‘nggi chora deb hisoblagan. Shu sabab 1989-yildan buyon har yili Tailanddagi Pa Prang Sam Yot ibodatxonasida ochofat maymunlar uchun koka-koladan tortib yeryong‘oqgacha qoldirishadi.

Lopburi–Tailand. Foto:Bangkok Events Calendar

Loy festivali – Janubiy Koreya

Agar biroz kir bo‘lishga qarshi bo‘lmasangiz, demak, har yili iyul oyida Janubiy Koreyada o‘tkaziladigan loy festivali sizga yoqadi. Dengiz loy festivali birinchi marta 1998-yilda o‘tkazilishni boshlagan.O‘shandan beri u Poryon shahri yaqinidagi Techxon plyajida muntazam o‘tkaziladi va qop-qora loyga tushishni istagan millionlab odamlarni to‘playdi. Janubiy Koreyaliklarning bu noodatiy bayramini faqat iflos bo‘lishni xohlovchilar uchungina deb o‘ylasangiz adashasiz. Gap shundaki, Poryondagi balchiqda teri uchun foydali bo‘lgan juda ko‘p mineral moddalar bor. Shu sabab ham festival har yili go‘zallikni xush ko‘ruvchi ko‘plab sayyohlarni atrofiga yig‘adi.

Loy festivali – Janubiy Koreya. Foto: veselka mobi

Suv osti musiqa festivali – Florida, AQSh

Siz hech suv ostidagi kontsertda qatnashganmisiz? AQShning Florida shtatida o‘tkaziladigan bu musiqa festivali dengiz sohilida suv osti ko‘rgazmasi uchun maxsus ishlangan noyob liboslar va musiqa sozlari bilan nishonlanadi. Suv parilari musiqa ohangiga mos raqsga tushadigan dengiz hayvonlariga jo‘r bo‘lishadi.

Suv osti musiqa festivali – Florida. Foto: FRIDAY.az

Buqalar bilan yugurish – Pmaplona, Ispaniya

Har yili Ispaniyaning San-Fermin shahrida bo‘ladigan mashhur festivalda o‘nga yaqin buqalar shahar ko‘chalariga qo‘yib yuboriladi. Bu g‘alati va xavfli an’ana oqibatida o‘rtacha 200-300 kishi jarohatlanadi.

Buqalar bilan yugurish – Pmaplona. Foto: LoveOpium.ru

Piknik kuni – Avstraliya

Avstraliya shimolida har yili avgust oyining ilk yakshanbasi piknik kuni hisoblanadi. Shu kunda barcha odamlar xohlasa faqat yaqinlari bilan kichik piknik yoki Adelaida daryosi bo‘yida o‘tkaziladigan ommaviy piknikka qo‘shilishi mumkin.

Piknik kuni – Avstraliya. Foto: Calendar.ru

Sarimsoq festivali – Kaliforniya

Navbatdagi bayram sarimsoq sevarlar uchun. Har yili iyul oyida AQShning Kaliforniya shtatida sarimsoq bayrami o‘tkaziladi. Bu dunyodagi eng katta va sarimsoqpiyozni xush ko‘ruvchilar uchun eng xushbo‘y hidli taomlar festivali hisoblanadi.

Gilroy, sarimsoq festivali–Kaliforniya. Foto:travelcalendar.ru

Xoli –Hindiston

Xoli hindlarning eng rang-barang festivali. Bu bayram nafaqat odamlar bir-biriga turli ranglarni sochish bilan, balki kuy-qo‘shiq, raqs birdamligida nishonlanadi.

Xoli –Hindiston. Foto: indiada.ru

Havoda gitara chalish bo‘yicha jahon chempionati – Finlandiya

Hech qanday musiqiy sozlarsiz haqiqiy rok-n-roll. Bu bayram Finlandiyada o‘tkaziladi va tashkilotchilarga ko‘ra, u dunyoda tinchlik bo‘lishiga hissa qo‘shadigan noodatiy festival. 

Havoda gitara chalish bo‘yicha jahon chempionati – Finlandiya. Foto: justtoplist.com

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16