chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

AQShning “Henhouse Prowlers” guruhi O‘zbekistonda kuylaydi

LIFESTYLE
24-avgust 2019
60

Samarqandda o‘tkaziluvchi “Sharq taronalari” musiqa festivalida “Henhouse Prowlers” guruhi AQSh vakili sifatida qatnashadi. Ushbu guruh 31-avgust kuni, kechqurun soat 20:00 da “Anhor Lokomotiv” ko‘ngilochar istirohat bog‘ida konsert ham beradi.

AQShning “Henhouse Prowlers” guruhi O‘zbekistonda

“Henhouse Prowlers” blyugrass guruhi Samarqandda bo‘lib o‘tuvchi “Sharq taronalari” musiqa festivalida AQSh vakili sifatida ishtirok etadi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar qildi.

Ushbu guruh yana 31-avgust kuni kechqurun soat 20:00 da “Anhor Lokomotiv” ko‘ngilochar istirohat bog‘ida konsert namoyish etadi. Konsert bepul va keng jamoatchilik uchun ochiqdir.

FOTO:http://www.bluseedstudios.org/blushop/live-at-blustage-ticket-the-henhouse-prowlers/

Ma’lumot o‘rnida

“Henhouse Prowlers” AQSh Davlat departamenti shafeligida dunyoning 25 dan ortiq mamlakatida har yili 175 ta konsert berib keladi. Chikagoda yashab, ijod etuvchi Kristofer Dollar, Jonatan Goldfayn, Kayl O’Brayen va Benjamin Rayt ushbu kvartet a’zolaridir.

Guruh “Live from Kyrgyzstan” (Bishkekda yozilgan) va “Separation Man” nomli ikkita musiqiy albom chiqargan.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16