chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

O‘zbekistonda sudya bo‘lish yoshi o‘zgardi

JAMIYAT
12-Sentabr 2019
18

O‘zbekistonda sudyalar yoshi 35 yosh qilib belgilandi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan yangi qonun hujjatida keltirildi.

O‘zbekistonda sudya bo‘lish yoshi o‘zgardi

Prezident “Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Hujjat bilan 10 dan ortiq qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Nomzodlar yoshi 30 dan 35 yoshga oshirildi

“Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, sudyalikka nomzodlar yoshi 35 yosh qilib belgilandi. Oldin bu 30 yosh edi. Nomzod oliy yuridik ma’lumotga va 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi kerak, deyilgan qonunda.

Zaxiradagi nomzodlar sudyalar oliy maktabida o‘qitiladi

Shuningdek, sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan zaxiradagi nomzodlar sudyalar oliy maktabida o‘rtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda o‘qishi belgilandi.

Bundan tashqari, qonun bilan xalq maslahatchilarining ham yoshi 35 yosh qilib belgilandi (ilgari 30 yosh edi).

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16