chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

O‘zbekistonda kinolog xodimlar uchun ko‘krak nishoni ta’sis etildi

JAMIYAT
11-Sentabr 2019
50

O‘zbekistonda kinologlar uchun maxsus idoraviy ko‘krak nishonlari ta’sis etildi.

O‘zbekistonda kinolog xodimlar uchun ko‘krak nishoni ta’sis etildi

“Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligining alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlar uchun “3 - toifali kinolog”, “2 - toifali kinolog” va “1 - toifali kinolog” idoraviy ko‘krak nishonlari ta’sis etildi.

Foto: Milliy kinologiya markazi

Kinologlarga maxsus malaka toifasi ham beriladi

Hukumat qarori bilan kinolog xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan maxsus malaka toifasi berish tartibi to‘g‘risida nizom ham tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, maxsus malaka toifasi uchun to‘lov mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining:

 “3 - toifali kinolog” uchun – bir baravari miqdorida;

 “2 - toifali kinolog” uchun – ikki baravari miqdorida;

 “1 - toifali kinolog” uchun – uch baravari miqdorida belgilandi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16