chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Vazir o‘rinbosari: “Stipendiya talabalarning fikri bilan kamaytirildi”

JAMIYAT
11-Sentabr 2019

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari 400 ming so‘m stipendiyaning talabaga yetish-yetmasligi to‘g‘risidagi savolni ochiq qoldirdi. Vazir ushbu miqdorda stipendiya belgilash qaroriga kelishda talabalarning ham fikri inobatga olinganini aytgan.

Vazir o‘rinbosari: “Stipendiya talabalarning fikri bilan kamaytirildi”

Togri.uz – O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov keng muhokamaga sabab bo‘lgan stipendiya miqdori qaysi parametrlarga ko‘ra belgilanganini ochiqlashga qiynaldi.

O‘zbekistonda 62% talaba 3 bahoga o‘qiydi

Togri.uz muxbiri vazir o‘rinbosariga 400 ming stipendiya talabaning bir oylik xarajatiga yetish-yetmasligini va nimaga asoslanib bunday qarorga kelinganini so‘radi.

Vazir o‘rinbosari savolga shunday javob bergan:

“Talabaga yetish-yetmasligi… (savolga javob berilmadi)

Biz uni 600 ming so‘m qilib qo‘ysak, kimgadir malol keladi. Ushbu miqdor belgilanishi uchun biz oliy ta’lim muassasalariga kirib, direktorlar, jamoat kengashi, talabalar bilan fikr almashganimiz uchun ko‘p vaqt o‘tib ketdi.

Amaldagi stipendiya (3 bahoniki) 374 ming so‘m edi. Bizda 62% talaba 3 bahoga o‘qiydi. Shuning uchun, ertaga to‘lov uchun oson bo‘lishi maqsadida eng kam ish haqiga ham bog‘lamadik. Qulay bo‘lishi uchun yahlitlandi. Masalan, 397 ming so‘m bo‘lsa-da, 3 ming so‘mini kassa bera olmasa, u ham bitta jinoyatni boshlardi.

Stipendiya miqdori oliy ta’lim muassasalari bilan kelishildi. Rahbariyat jamoatchilik fikrini berdi. Talabalar fikri inobatga olindi”.

300 ming talabaning fikri

Ijtimoiy tarmoqda talabalarni birlashtiruvchi guruhlardan birining ma’muri talabalar bunga rozi emasligini, guruhda o‘tkazgan so‘rovnomasida ularning katta qismi salbiy munosabat bildirganini qo‘shimcha qildi.

Sarvar Buzrukxonov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari

Buzrukxonov bunga qisqa sharh bergan:

“200 talaba orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma 300 ming talabaning fikrini ifoda eta olmaydi”.

Eslatib o‘tamiz, vazirlik rahbariyati vakillari grant asosida o‘qiydigan talabalar olgan bahosining 30%dan ko‘prog‘i qoniqarli (3 baho) bo‘lsa, ularga stipendiya berilmasligini ma’lum qilgandi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16