chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

UNESCO bosh direktori Samarqandga yetib keldi

JAMIYAT
25-avgust 2019
34

Bugun UNESCO bosh direktori Odri Azule “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi va “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiyada qatnashish uchun Samarqandga keldi.

UNESCO bosh direktori Samarqandga etib keldi

26-avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi va “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘ladi.

Mazkur tadbirlarda ishtirok etish uchun 25-avgust kuni Samarqandga BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bosh direktori Odri Azule tashrif buyurdi.

Bosh vazir o‘rinbosari kutib oldi

Odri Azuleni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘ribosari A. Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi E. Turdimov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

UNESCO shafeligidagi musiqa festivali

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston UNESCO Ijroiya kengashi tarkibiga ikki marta saylangan. Samarqandda ertaga o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya hamda “Sharq taronalari” musiqa festivali ham UNESCO shafeligida tashkil etilmoqda.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16