chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Tadbirlar rejasi: O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi targ‘ib qilinadi

JAMIYAT
11-Sentabr 2019
11

O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosini keng targ‘ib qilish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda media tadbirlar va davra suhbatlarini o‘tkazish rejalashtirimoqda. Tadbirlar 17–27-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tadbirlar rejasi: O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi targ‘ib qilinadi

O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida 17–27-sentabr kunlari xorijiy mamlakatlarda – London, Parij, Praga, Varshava va Vashingtonda media tadbirlar va davra suhbatlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Ushbu qator tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.

O‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar ro‘yxati

  • 17-sentabr kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida Traveller’s Club Pall Mall konferensiyasi o‘tkaziladi.
  • 19-sentabr kuni Parijda, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasida tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
  • 20-sentabr kuni Chexiya poytaxti Praga shahrida Osiyo, Afrika va Amerika madaniyatlari muzeyida tadbir bo‘lib o‘tadi.
  • 24-sentabr kuni Polsha Respublikasi poytaxti Varshavada, O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi elchixonasida tadbir bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
  • 27-sentabr kuni Vashingtonda, O‘zbekistonning CIF’dagi elchixonasida tadbir bo‘lib o‘tadi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16