yakshanba, 2019 avgust 25
36° TAS
9384 USD
140.14 RUB
10393.72 EUR
11378.1 GBP

Qo‘shrabotda shifokor sababsiz kaltaklandi

JAMIYAT
13-avgust 2019
14

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasida o‘z ishini bajarayotgan shifokor bemorning tanishlari tomonidan kaltaklandi. 

Qo‘shrabotda shifokor sababsiz kaltaklandi

Qo‘shrabotda bemorga yordam ko‘rsatayotgan shifokor kaltaklandi, deb ma’lumot berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 7-avgust kuni Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasining qabul bo‘limida bo‘lgan. 

Avval hamma shifokorlarni haqoratlagan

7-avgust kuni soat 17:40 da shu tumanda yashovchi 1973-yilda tug‘ilgan M.S. ismli fuaqaroni tanishlari Bekzod va Mirolim ismli shaxslar tuman markaziy kasalxonasining qabul bo‘limiga olib kelgan. O‘sha paytda navbatchilik qilgan vrach Otabek Sirliboyev, bemorga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni boshlagan. Shunda bemorni olib kelganlar tibbiyot xodimlariga nisbatan haqoratomuz so‘zlarni ishlata boshlagan. 

"...nima uchun shifokorlarni haqoratlayapsiz?"

“Avval ular hammani haqoratlay boshladi. Keyin men ularga “biz yordam ko‘rsatyapmiz nima uchun shifokorlarni haqoratlayapsiz?”, deb e’tiroz bildirdim. Shundan so‘ng ular meni manzilimga turli haqoratli so‘zlarni yo‘llab, do‘pposlay ketdi. Ular spirtli ichimlik ichib olgan edi. Men nima bo‘layotganini, nima uchun meni urayotganini tushunmay qoldim”, dedi terapevt Otabek Sirliboyev.  

Shifokorga shifokor yordami ko‘rsatilmoqda 

Ushbu voqeadan so‘ng jabrlangan O.Sirliboyevga tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, markaziy kasalxonaning shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Hozirgi vaqtda bosh va ko‘z sohasidagi yaralar davolanishda davom etmoqda. 

Olti kundan so‘ng sud ekspertizasi o‘tkazilgan

Shu kuni voqea yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limiga xabar berilgan. Ichki ishlar xodimlari kelib, jabrlanuvchi shifokordan tushuntirish xati olishgan xolos. Qariyb olti kundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu voqealar haqidagi xabarlar tarqalib, Otabek Sirliboyevning jarohatlari tuzala boshlagach, ichki ishlar xodimlari yana kelib, uni sud ekspertizasini o‘tkazishga yuborgan. 

Joriy yilda Qo‘shrabotda to‘rt marta shifokorga hujum qilingan

Sog‘liqni saqlash vazirligining yetakchi yuristi Sanobar Yusupovaning ta’kidlashicha, joriy yilning o‘tgan davrida faqat Qo‘shrabot tumanida to‘rt marta shifokorlarni haqorat qilish va ularga hujum qilish holatlari qayd etilgan.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16