yakshanba, 2019 avgust 25
36° TAS
9384 USD
140.14 RUB
10393.72 EUR
11378.1 GBP

Prezidentdan nimani so‘ragan bo‘lardingiz? – Togri.uz so‘rovi (video)

JAMIYAT
13-avgust 2019
358

“Agar prezident bilan uchrashsangiz, davlat rahbaridan nimani so‘ragan bo‘lar edingiz?” Ana shu savol bilan Togri.uz o‘zbekistonliklarga yuzlandi. Javoblar turlicha. Ammo ayrim masalalar ko‘pchilikni tashvishga solayotgani ko‘rindi...

Prezidentdan nimani so‘ragan bo‘lardingiz – Togri.uz so‘rovi (video)

Togri.uz — O‘zbekiston prezidenti bilan bevosita ochiq muloqot bo‘lsa, o‘zbekistonliklar qaysi masala haqida ko‘proq savol berishgan bo‘lardi? Ularni nima ko‘proq tashvishga solmoqda? Togri.uz ushbu savollarga javob topish maqsadida o‘zbekistonliklarga mikrofon tutdi.

Ko‘pchilikning muammosi – maoshning yetmasligi

Aksar respondentlar oylik ish haqining yetmasligidan xavotir bildirgan.

"Oylik maoshlar kam. Ko‘pchilik ishlagani chetga ketadi.Agar bizda ham 2-3 million oylik bo‘lganda edi, o‘zimizda ham davlat ishida ishlab yursak bo‘lardi", deydi respondentlardan biri.

Narx-navoning oshib ketayotgani ham e’tibordan chetda qolmadi

Oylik maoshlar bilan bir vaqtda kommunal to‘lovlar, bozordagi narx-navoning ko‘tarilib ketayotgani odamlarni ko‘proq tashvishga solgan.

So‘ralganlardan birining aytishicha, "Maoshlar oshadi, bu yoqdan narx-navo ham ko‘tarilib ketaveradi. Maoshni 10 foiz oshiradi, bu yoqdan bozordagi narxlar ham oshib ketaveradi, bundan nima naf?"

Respondentlarning prezidentdan so‘rashi mumkin bo‘lgan savollari asosan maishiy va iqtisodiy muammolar atrofida bo‘ldi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16