chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Odam papillomavirusiga qarshi majburiy emlash inson huquqlarini buzishmi?

JAMIYAT
11-Sentabr 2019
36

Joriy yilning oktyabr oyidan boshlab Toshkent shahrida 9 yoshli qizlarni papillomavirusiga qarshi bepul emlash rejalashtirilgan. Demokratiya va inson huquqlari instituti maktab o‘quvchilarini ommaviy ravishda virusga qarshi majburiy emlanishini noto‘g‘ri deb hisoblamoqda. Jamoatchilik a’zolari buni inson huquqlarining buzilishi deb aytmoqda.

Odam papillomavirusiga qarshi majburiy emlash inson huquqlarini buzishmi?

2019-yilning oktyabr oyidan boshlab Toshkentda 9 yoshli qizlar o‘rtasida bachadon bo‘yni saratonining sabablaridan biri – odam papillomavirusiga qarshi emlash rejalashtirilmoqda.

Jarayon ikki bosqichda o‘tkaziladi

Emlash ikki bosqichda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Birinchi bosqich joriy yilning oktyabr oyida, ikkinchisi 6 oylik muddat bilan, 2020-yil mart oyida amalga oshiriladi.

"Emlashni umummilliy darajaga olib chiqish noto‘g‘ri"

Demokratiya va inson huquqlari instituti a’zolari ushbu masalaga munosabat bildirib, o‘quvchi qizlarni virusga qarshi majburiy emlashni umummilliy darajaga olib chiqishni noto‘g‘ri deb baholamoqda.

Emlash ixtiyoriy bo‘lishi kerak

Yaxshi o‘rganilmagan, amaliy jihatdan samaradorligi etarlicha isbotlanmagan vaksina kelajakda bir qator muammolarni keltirib chiqarishi, nojo‘ya ta’siri oqibatida qizlarda bepushtlik kasalligining yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun  jarayonni ommaviy-majburiy  emas, balki ixtiyoriy shaklda tashkil qilish kerak”, deydi demokratiya va inson huquqlari instituti boshqaruvi a’zosi Lola Saidova.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 9 yoshli qizlar bachadon bo‘yni saratonining sabablaridan biri – odam papillomavirusiga qarshi emlanishi haqida avval xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda bir yilda 1660 ta bemor OPV bilan kasallanadi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha OPV bilan kasallanganlar soni har yili 60 mingdan ortiqni tashkil qiladi. O‘zbekistonda bir yilda 1660 ta bemor ushbu kasallik bilan ro‘yxatga olinadi. Shundan 608 ayol vafot etadi. Yosh ayollarning bu kasallikdan vafot etishi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda to‘rtinchi o‘ringa etgan.

OPVga qarshi emlash ko‘plab davlatlarning milliy emlash jadvaliga kiritilgan va hozirda 92 ta davlatda yosh qizlar bepul emlanadi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16