yakshanba, 2019 avgust 25
36° TAS
9384 USD
140.14 RUB
10393.72 EUR
11378.1 GBP

Davlat bergan uyga yangi ko‘chib kelganlar zimmasiga qarz yuklandi

JAMIYAT
13-avgust 2019
10

Farg‘onada “snos”ga tushgan uyidan davlat tomonidan berilgan uyga ko‘chib o‘tganiga bir yil bo‘lgan fuqaroga 671 500 so‘m qarzdorolik yozildi. Tekshiruvlar natijasida ushbu xonadonda avval istiqomat qilgan marhumadan qolgan qarzdorlik aniqlangan.

Marhumaning qarzi xonadonga yangi ko‘chib kelganlar zimmasiga yuklandi

Farg‘onalik fuqaro S. Bahromovning uy-joyi “snos”ga tushganidan so‘ng Farg‘ona shahar hokimi qarori asosida 2018-yil 6-aprelda Qirguli dahasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlardan biri xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berilgan.

MIB qarzdorlik yozib ketdi

Bahromov ushbu xonadonga ko‘chib kelgan kunidan boshlab kommunal to‘lovlarni to‘lab kelgan. Shunga qaramay 2019-yilning fevral oyida xonadon egasi elektr energiyasidan qarzdorligi haqida MIBdan ogohlantirish xati oladi. Ushbu muammoni hal qilishga kuchi etmagan xonadon egasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qilgan.

Qarz uyning eski egasiga tegishli bo‘lgan

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur xonadonda ular ko‘chib kelgunga qadar, ya’ni 2018-yilning 29-martigacha G.Gromova (marhuma) yashab kelgan. Qarzdorlikni hosil bo‘lishi esa marhumaning shu xonadonda yashagan davrlariga to‘g‘ri keladi.

Ma’naviy zarar undiriladi

Ish sudda ko‘rib chiqilgach, sud elektr energiyasi to‘lovlaridan 2018-yilning aprel oyigacha bo‘lgan davrda yuzaga kelgan 671 500 so‘m qarzdorlikni iste’molchi S.Bahromov nomiga hisoblanishini g‘ayriqonuniy deb topish va javobgardan uning foydasiga 405 460 so‘m ma’naviy zararni undirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Federatsiya mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganilib, ulardagi mazkur to‘lovlar bo‘yicha 671 500 so‘m qarzdorlikni bartaraf qilingan.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16