chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

“Xovos-Farg‘ona“ yo‘nalishidagi gaz quvuri portladi

JAMIYAT
25-avgust 2019
71

“Xovos-Farg‘ona“ yo‘nalishidagi magistral gaz quvuri portladi. Dastlabki ma’lumotlar jarohatlanganlar yo‘q ekanligini aytmoqda.

“Xovos-Farg‘ona“ yo‘nalishidagi gaz quvuri portladi

25-avgust kuni taxminan soat 10:30 larda Xovos tumani Navro‘z mahallasiga qarashli yuqori dala qismida, dala ekin-maydoni hududidan o‘tgan “Xovos-Farg‘ona“ yo‘nalishidagi magistral gaz quvurida portlash sodir bo‘ldi.

Xabar tasdiqlandi, tavsilotlari ma’lum emas

Bu xabarni Sirdaryo viloyati hududiy gaz ta’minoti filiali navbatchilik qismi tasdiqlagan. Berilgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohat olganlar yo‘q.

Portlash qanday sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tafsilotlar o‘rganilmoqda.

Buxoroda ham shunga o‘xshash hodisa kuzatilgan

Eslatib o‘tamiz, 20-iyul kuni kechasi Buxoro viloyatida gaz quvur liniyasi yorilib ketishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan edi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16