chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Forish dashtining kovuli xorijga eksport qilinmoqda

JAMIYAT
12-Sentabr 2019
36

Joriy yilning o‘tgan davrida Jizzax viloyati Forish tumanidagi “OʻRMONCHA – CAPERS” mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijga 400 ming dollarlik kovul sotishga muvaffaq bo‘ldi.

Forish dashtining kovuli xorijga eksport qilinmoqda

Forish tumanidagi “OʻRMONCHA – CAPERS” mas’uliyati cheklangan jamiyati joriy yilning o‘tgan davrida xorijga 400 ming dollarlik kovul sotdi.

O‘simlikning qisqasa tasnifi

Kovul ildizi baquvvat, suvsizlikka va sovuqqa chidamli ko‘p yillik o‘simlikdir. O‘simlik o‘n besh yilgacha o‘sib, meva beradi. Tuman hududida kovul o‘simligi azaldan tog‘ yonbag‘irlarida, qir-adirlarda, cho‘l hududlarida tabiiy holda o‘sadi.

Kovul yoz bo‘yi kurtak yozadi. May-iyun oylarida gullaydi, iyul-avgust oylarida mevasi etiladi. Hali ochilmagan, 10 millimetrdan katta bo‘lmagan dumaloq, qattiq kurtaklari eng xaridorgir mahsulot hisoblanadi.

O‘tgan yil 1 mln AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilingan

“Dashtdan gulkurtaklar terib kelingach, korxonamizda mexnazatsiyalashgan uskunalarda saralanib, yuvilib maxsus idishlarga solinib, eksportga tayyorlanadi. O‘tgan yili Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Turkiya kabi davlatlarga 1 million AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilgan edik. Bu yil ham yil oxirigacha shuncha miqdorda kovul mahsulotini eksport qilishni mo‘ljallab turibmiz”, deydi mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Bekmurod G‘opirov. 

Ma’lumot o‘rnida

Hozircha “OʻRMONCHA – CAPERS” mas’uliyati cheklangan jamiyati viloyatda kovul eksporti bilan shug‘ullanuvchi yagona korxona. Korxona o‘tgan yildan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16