chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Firdavs Abduxoliqov “O‘zbekkino” milliy agentligi direktori bo‘ldi

JAMIYAT
12-Sentabr 2019
149

“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori o‘zgardi. Agentlikning yangi rahbari etib Firdavs Abduxoliqov tayinlandi.

Firdavs Abduxoliqov “O‘zbekkino” milliy agentligi direktori bo‘ldi

Firdavs Abduxoliqov “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori etib tayinlandi. Milliy agentlikning sobiq rahbari Furqat Zokirov vazifasidan ozod qilingan. Togri.uz manbasi Abduxoliqov bugun soat 16:00da rasman tanishtirilishi haqida ma’lum qildi.

Maʼlumot uchun, Firdavs Abduxoliqov oʻzbek media olamining yirik vakillaridan biri hisoblanadi. U 1992-1995-yillarda Oʻzbekistonda ilk nodavlat telekanal va gazeta faoliyatini yoʻlga qoʻygan shaxslardan. Firdavs Abduxoliqov “Darakchi”, “Sugʻdiyona” gazetalarining muassisi va “Sevimli” telekanalining bosh direktori hisoblanadi. Shuningdek, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi raisi hamdir.

 

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16