chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Endi “Toshkent-Shahrisabz” yo‘nalishi bo‘ylab muntazam avtobus qatnaydi

JAMIYAT
12-Sentabr 2019
72

13-sentabr kunidan boshlab “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan “Toshkent-Shahrisabz” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

 Endi “Toshkent-Shahrisabz” yo‘nalishi bo‘ylab muntazam avtobus qatnaydi

Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ertadan boshlab “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan “Toshkent-Shahrisabz” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnaydi.  

Chipta narxi 54 000 so‘m

Qatnovlar masofasi 387,9 kmni tashkil qiladi. Mazkur yo‘nalishda chipta narxi 54 000 so‘m etib belgilangan.

Avtobus soat nechidan yuradi?

Avtobus “Toshkent” avtovokzalidan soat 11:50 da jo‘nab ketadi. Shahrisabzdan esa soat 09:30 da yo‘lga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq saytda 13-sentabrdan boshlab “Angren-Olmaota”, “Chirchiq-Olmaota”, “Chirchiq-Chimkent” xalqaro yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16