yakshanba, 2019 avgust 25
36° TAS
9384 USD
140.14 RUB
10393.72 EUR
11378.1 GBP

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Saudiya podshohi qabul marosimida ishtirok etdi

JAMIYAT
13-avgust 2019
6

2019-yil 12-avgust kuni Saudiya Arabistoni qirollik saroyida podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud qabul marosimini o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, “Haj – 2019” ishchi guruhi rahbari Jasur Akramov ishtirok etdi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Saudiya podshohi qabul marosimida ishtirok etdi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, “Haj – 2019” ishchi guruhi rahbari Jasur Akramov Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud qabul marosimida ishtirok etdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi

Podshoh qabul marosimi 

Kecha Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud hurmatli kishilar, Ikki muqaddas masjid mehmonlari, hukumat amaldorlari, delegatsiya rahbarlari va ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatadigan idora rahbarlari uchun qabul marosimini o‘tkazgan. 

“Haj – 2019” ishchi guruhi rahbari ishtirok etgan

Mazkur tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, “Haj – 2019” ishchi guruhi rahbari Jasur Akramov, O‘zbekistonning Saudiyadagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov ishtirok etgan. 

"Hojilarga xizmat qilish biz uchun g‘urur"

“Xudo Saudiya Arabistoni Podshohligini Ikki muqaddas masjidga va Rahmon mehmonlariga(hojilar) xizmat qilish bilan sharafladi, bu biz uchun g‘ururdir. Qirol Abdulaziz davridan boshlab, to bugungacha dunyo musulmonlari Haj ibodatini qulay sharoitlarda, mukammal ado etishlari uchun barcha kuch g‘ayratimizni sarflayapmiz.

Allohdan amallaringizni qabul bo‘lishini, eson-omon o‘z yurtingizga yetib olishingizni so‘rayman”, dedi podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud.

Qurbon hayiti tabrigi

Shuningdek, tadbirda Haj va Umra vaziri doktor Muhammad Solih bin Taher Bintin ziyoratchilar va butun dunyo musulmonlarini Qurbon hayiti bilan tabrikladi. 

3 millionga yaqin inson Arafotda hozir bo‘lgan

U nutqida dunyoning 130 dan ortiq mamlakatidan kelgan, tili, irqi, rangi har xil bo‘lgan 170 dan ortiq millat va elat vakillaridan iborat 3 millionga yaqin inson Arafotda hozir bo‘lganini ma’lum qilgan.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16