yakshanba, 2019 avgust 25
36° TAS
9384 USD
140.14 RUB
10393.72 EUR
11378.1 GBP

Dehli: o‘zbek ayoli kaltaklandi va zo‘rlandi

JAMIYAT
13-avgust 2019
28

31 yoshli o‘zbekistonlik ayol Dehlida uch erkak tomonidan kaltaklangan va zo‘rlab ketilgan. Jabrdiydaning so‘ziga ko‘ra, ulardan biri o‘z tanishi bo‘lgan.

Dehli: o‘zbek ayoli kaltaklandi va zo‘rlandi

Hindistonda 31 yoshli o‘zbekistonlik ayolni uch erkak zo‘rlagan. Bu haqda “Aninews” xabar berdi.

Tajovuzkorlardan biri o‘z do‘sti bo‘lgan

Ayol janubi-g‘arbiy Dehlining Vasant Kunj tumanida avtomobilda zo‘rlangan.

Tajovuz shanba kuni ro‘y bergan. Ikki oy avval Hindistonga kelgan ayol o‘z arizasida aybdorlardan biri bilan 7 oydan beri do‘st ekanligini ma’lum qildi.

Mazlum ayol o‘z arizasida do‘sti shanba kuni Vasant Kunjdagi supermarket yaqinida uchrashishga chaqirgan. Do‘sti u yerdan Gurgaonga ichida ikki do‘sti o‘tirgan mashinasida olib ketadi. Yigitlar unga hujum qilganini, qarshilik ko‘rsatganida esa kaltaklanib jinsiy tajovuz qilinganini yozgan.”

31 yoshli ayolni do‘sti kvartirasi yaqiniga tashlab ketadi. Voqeani dugonalariga so‘zlab bergan ayolni shifoxonaga olib borishadi. Shifoxona ma’muriyati bu holat yuzasidan politsiyaga xabar qiladi.

Hozirda politsiya jinoiy ish ochgan.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16