chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

DBA Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga kirish osonlashdi

JAMIYAT
12-Sentabr 2019
93

Davlat boshqaruv akademiyasi (DBA) qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga kirish ballari pasaytirildi.

DBA Yoshlar muammolarini o‘rganish instituga kirish osonlashdi

Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga tinglovchilarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu 11-sentabr kuni qabul qilingan hukumat qarorida belgilangan. 

Kirish ballari 20 foiz tushirlgan

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Institutning qayta tayyorlash o‘quv kurslariga endilikda test sinovi natijalari bo‘yicha kirish ballari umumiy balning 75 foizdan 55 foizga tushirilgan. 

49,5 dan ziyod ball to‘plaganlar suhbatdan o‘tishga tavsiya etiladi

Ya’ni endilikda test sinovi natijalaridan 49,5 dan ziyod ball to‘plagan nomzodlar suhbatdan o‘tishga tavsiya etiladi. 

Avval tavsiya uchun 67,5 ball to‘plash lozim edi

Hozirga qadar bu ko‘rsatkich 67,5 ballni, ya’ni umumiy ballning 75 foizini  tashkil qilgan.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16