chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Davlat Bojxona qo‘mitasi: Rishton-So‘x yo‘lining ochilishi bo‘yicha Qirg‘iziston javobini kutyapmiz

JAMIYAT
11-Sentabr 2019
83

Davlat Bojxona qo‘mitasi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida mutasaddilar tomonidan, Rishton-So‘x postining ochilishi Qirg‘izistonning beradigan javobiga bog‘liq ekanligi, O‘zbekiston esa zarur harakatlarning barchasini amalga oshirgani ta’kidlandi.

Davlat Bojxona qo‘mitasi: Rishton-So‘x yo‘lining ochilishi bo‘yicha Qirg‘iziston javobini kutyapmiz

11 sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat Bojxona qo‘mitasi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan boshqarma boshlig‘i Rustam Kabulov Rishton-So‘x yo‘lining yopilishi yuzasidan fikr bildirdi.

“Dastlab Rishton-So‘x postining ochilishi bo‘yicha Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida kelishuvga erishilgan edi. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra hozir uning faoliyati to‘xtatildi. Biz Qirg‘izistonning javobini kutyapmiz. Bu yo‘l ochilishi kerak. Tomonlar o‘rtasida hukumat darajasida muzokaralar o‘tkazildi. Biroq hozircha Qirg‘iziston tomonidan mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi”, deydi Rustam Kabulov.

Fuqarolar sarson bo‘lmoqda

Ma’lumot o‘rnida Rishton-So‘x hududlarni bog‘lovchi qisqa yo‘l hisoblanadi. Uning yopilishi oqibatida fuqarolar 200 km dan ziyod ortiqcha yo‘lni bosib o‘tishga majbur bo‘lishmoqda.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16