chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Sof o‘zbekcha murojaat: Buyuk Britaniyaning yangi elchisi o‘zbekistonliklardan maslahat so‘radi

JAMIYAT
12-Sentabr 2019
187

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangan Timoti Torlo o‘zbek xalqiga "sof o‘zbekcha" murojaat qildi. O‘z murojaatida elchi u va uning oilasi o‘zbek xalqining milliy madaniyati, tarixi bilan yaqindan tanishish istagi borligini aytib maslahat so‘ragan.

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi o‘zbek xalqiga video murojaat yo‘lladi

Diplomat Timoti Torlo Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u o‘zbek xalqiga video murojaat yo‘lladi.

Tim Torlo O‘zbekistonga kelganidan faxrlanmoqda

“Assalomu alaykum, mening ismim Tim Torlo. Men Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib tayinlandim va yaqindagina Toshkentga keldim” deb boshlanadi elchining murojaati.

Tim Torlo O‘zbekistondagi faoliyati mamlakatda keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotgan bir davrga to‘g‘ri kelganidan faxrda ekanligini aytgan.

"O‘zbek xalqining milliy madaniyati bilan yaqindan tanishish istagidaman"

“Bu yerga kelishimdan oldin sizning mamlakatingiz, tarixingiz, madaniyatingiz, milliy taomlaringiz va  mehmondo‘stligingiz haqida ko‘p o‘qidim hamda ko‘p eshitdim. Hatto oshni tanovul qilib ko‘rdim. Men va mening oilam bularning barchasi bilan yaqindan tanishish istagidamiz. Buning uchun menga sizning maslahatingiz kerak. Nimalarni birinchi bo‘lib ko‘rishim lozim? Qayerlarga tashrif buyurishim kerak? Qaysi taomlaringizni tanovul qilay? Men sizning fikringizni kutib qolaman” deydi Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi.

Ma’lumot uchun, britaniyalik diplomat 2012-yildan buyon Boliviyadagi Yevropa tashqi harakatlar xizmati delegatsiyasi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan. U Oksforddagi Vuster kollejida o‘qigan va zamonaviy tillar bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16