yakshanba, 2019 avgust 25
36° TAS
9384 USD
140.14 RUB
10393.72 EUR
11378.1 GBP

Aziz Abduhakimov: “Aeroportning suvga botishi – aqlga sig‘maydigan holat”

JAMIYAT
13-avgust 2019
27

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Toshkent xalqaro aeroportining yomg‘irdan so‘nggi holati aks etgan videolarga, o‘sha vaqtdagi vaziyatga nisbatan munosabat bildirdi. Abduhakimov bu umuman aqlga sig‘maydigan holat ekanligini ta’kidladi.

Aziz Abduhakimov: “Aeroportning suvga botishi – aqlga sig‘maydigan holat”

Togri.uz – 13-avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Akkulov ishtirokida turizm masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov yog‘ingarchilik mavsumida Toshkent xalqaro aeroporti suvga botganiga nisbatan o‘z munosabatini bildirdi:

“Qanday munosabat bildirish mumkin? Bu umuman aqlga sig‘maydigan narsa. Quruvchilarning qilgan ishlariga sifat nuqtai nazaridan noroziliklar bildirildi. Buyurtmachiga ham, bajaruvchiga ham qilinmagan ishlarini joy-joyiga qo‘yishi uchun ko‘rsatmalar berildi.

Albatta, bunga munosabat salbiy. Keyinchalik bu holatlar qaytarilmasligi uchun quruvchi bilan barcha hisob-kitoblar qaytadan ko‘rib chiqildi. Bunday yomg‘irlar O‘zbekistonda yana qaytarilishi tabiiy.

Ushbu holat qurilish sifatiga nisbatan savollar borligining isboti”.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 3-iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nish hududi va kutish zali suvga botgandi.

Ma’lumot uchun, aeroportning yangi zali 2018-yilda ishga tushirilgan.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16