chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Avtomashinalarni ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari soni kamaydi

JAMIYAT
11-Sentabr 2019
59

Avtomototransport vositalari uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan yig‘imlar miqdori qayta ko‘rib chiqiladi.

Avtomashinalarni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi yig‘imlar miqdori o‘zgaradi

9-sentabr kuni O‘zbekiston prezidentining O‘zbekistonda notariat tizimini isloh qilishga oid farmoni imzolandi. Unda 2019-2021 yillarda Notariat institutini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash belgilandi. “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra avtomototransport vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishdagi to‘lovlar qo‘rib chiqiladi. 

Yuzaki bitimlarga barham beriladi

Xususan, “Yo‘l xaritasi”da aytilishicha, qoidalar o‘zgarishi fuqarolar o‘rtasida tuzilgan yuzaki bitimlar (ishonchnoma) rasmiylashtirish holatlari tugatilishi borasida olib borilayotgan ishlar doirasida amalga oshirilmoqda.  

O‘zgarishlar boradasigi tegishli tahliliy ma’lumot va takliflar 2019-yil noyabr oyigacha taqdim etiladi. Bunday qoidalarning ijro etilishiga Adliya, IIV, Moliya hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirliklari mas’ul etib belgilangan. 

1-oktyabrdan ota-bola o‘rtasidagi ishonchnoma bekor qilinadi 

Shuningdek “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra,  joriy yilning 1 oktyabrdan   transport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar orasida foydalanish va boshqarish to‘g‘risidagi ishonchnoma berish tartibi bekor qilinadi.

Ya’ni 2019-yil 1-oktabrdan – transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) o‘rtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish to‘g‘risidagi ishonchnomani tasdiqlash tizimi bekor qilinadi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16