chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

“Angren-Olmaota”, “Chirchiq-Olmaota”, “Chirchiq-Chimkent” yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

JAMIYAT
12-Sentabr 2019
24

13-sentabrdan boshlab “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan “Angren-Olmaota”, “Chirchiq-Olmaota”, “Chirchiq-Chimkent” xalqaro yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

“Angren-Olmaota”, “Chirchiq-Olmaota”, “Chirchiq-Chimkent” yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, ertadan “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan “Angren-Olmaota”, “Chirchiq-Olmaota”, “Chirchiq-Chimkent” xalqaro yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu tadbir qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining turli shaharlariga safarga otlanayotgan Toshkent viloyati tumanlari aholisiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Chipta narxlari bilan tanishing

  • “Angren-Olmaota” yo‘nalishining masofasi 918 km bo‘lib, chipta narxi 120 000 so‘m etib belgilangan.

Avtobuslar Angrendan soat 16:00, 17:00, 18:00 da harakatlanishni boshlaydi.

  • “Chirchiq-Olmaota” yo‘nalishida esa yo‘l kira haqqi 100 000 so‘m etib belgilangan. Mazkur yo‘nalish masofasi 818 km.ni tashkil etadi.

Avtobuslar Chirchiq avtostansiyasidan soat 17:00 va 18:00 da yo‘lga chiqadi.

  • “Chirchiq-Chimkent” yo‘nalishi bo‘ylab avtobuslar har kuni soat 09:00, 11:00, 13:00, 15:00,17:00 da Chirchiq avtostansiyasidan harakatlanishni boshlaydi. Ushbu yo‘nalishda yo‘l kira haqqi 35 000 so‘mni tashkil qiladi.

Ma’lumot o‘rnida

Bugunga qadar “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan 4 ta xalqaro yo‘nalishda (“Toshkent-Olmaota”, “Toshkent-Ushkunur”, “Toshkent-Qizilo‘rda”, “Chirchiq-Ushkunur”) muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirib kelinmoqda.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16