yakshanba, 2019 avgust 25
36° TAS
9384 USD
140.14 RUB
10393.72 EUR
11378.1 GBP

Qanday holatlarda yer uchastkalari xususiylashtiriladi?

JAMIYAT
13-avgust 2019
7

Qishloq xo‘jaligi bo‘lmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida qonun prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolandi. Qonun 2020 yilning 1 martidan kuchga kiradi.

Qanday holatlarda er uchastkalari xususiylashtiriladi?

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegarm kanalida ma’lum qilindi.

Qonunga ko‘ra, yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish; yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin.

Qanday holatlarda yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” Qonunga muvofiq quyidagi holatlarda yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:

– xususiylashtirilmaydigan foydali qazilmalar konlari, davlat mulkidagi strategik obyektlar joylashgan yer uchastkalari;

– rejalashtirish sxemalari bo‘lmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari;

– tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi er uchastkalari;

–  o‘rmon va suv fondlarining, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, skverlar, xiyobonlar);

–  xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo‘lgan yer uchastkalari;

– erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qonun 2020 yil 1 martdan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16