chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

YXHT: Fransiya o‘qituvchilari kam oylik maosh oladi

JAHON
11-Sentabr 2019
153

YXHTning 2019-yildagi hisobotiga ko‘ra Fransiyadagi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari boshqa rivojlangan davlatlardagi hamkasblaridan kam oylik ish haqi olishini ma’lum qildi.

EXHT: Frantsiya o‘qituvchilari kam oylik maosh oladi

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 2019-yilgi hisobotida yozilishicha, fransuz o‘qituvchilari, ayniqsa boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari boshqa yevropalik hamkasblaridan ko‘ra kamroq oylik maosh oladi.

Fransiyada ham o‘qituvchilar maoshi kam 

15 yillik stajga ega boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi yiliga jami 37 700 dollar ishlab topadi. Huddi shu kategoriyadagi germaniyalik o‘qituvchilar esa yiliga naq 74 486 dollar oladi.

YXHTning 10-sentabrda chop etgan hisobotida fransiyalik o‘qituvchilar tashkilotga a’zo mamlakatlar orasida nisbatan kamroq haq olishi ko‘rsatilgan.

Maktab: investitsiya yoki shunchaki xarajat?

"Ushbu vaziyatni 2010-yilda indeksning muzlatilishi bilan izohlash mumkin. Biz oylik maoshi pasayishi qurbonlarimiz. Ta’lim vaziri ushbu masalani hal qilish uchun darhol kirishishi kerak", deydi Franset Popino.

O‘qituvchilarning oyligi pastligi esa borgan sari bu kasbga qiziquvchilarning kamayishiga olib kelmoqda. Natijada o‘qituvchilarning saviyasi ham yildan yilga tushib borayotgani kuzatilmoqda.

YXHT olib borgan tadqiqotlar natijasida frantsiyalik o‘qituvchilar yiliga 900 soat ishlashi ma’lum bo‘ldi. YXHT doirasidagi davlatlarda esa bu o‘rtacha 794 soatni tashkil qiladi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16