chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Yevroparlament: Rossiyasiz G7dan naf yo‘q

JAHON
25-avgust 2019
32

Yevroparlament deputati Mariani G7da Rossiya, Braziliya, Xitoy va Afrika qatnashmasa, sammit quruq safsatabozlikka aylanib qolishini aytdi. Rossiyaning sammitga qaytishiga AQSh prezidenti rozi bo‘lgan, ammo Buyuk Britaniya bosh vaziri qarshiligicha qolmoqda.

Evroparlament: Rossiyasiz G7dan naf yo‘q

Yevropa parlamenti deputati Tyerri Mariani o‘zining Twitter sahifasida Rossiya, Braziliya, Xitoy va Afrikaning ishtirokisiz “Buyuk yettilik”dan foyda bo‘lmasligini yozdi.

“G7 sammiti quruq safsatabozlikka aylanib qoladi“

“G7 sammiti Xitoy, Braziliya, Rossiya va Afrikaning ishtirokisiz quruq safsatabozlik va o‘zimizni reklama qilishga aylanib qoladi”, – deydi siyosatchi.

“G7 sammiti ancha eskirib qolgan“

U yana G7 sammiti ancha eskirib qolganini hamda u hozirda o‘z qoidalarini butun dunyoga ayta olmayotganini qo‘shimcha qildi.

“11 yil avval Sarkozi birorta ham aktyorni qo‘ymaydigan G20 tashkil qilganida buni anglab etgan edi”, – yozadi Mariani.

AQSh rozi, Britaniya qarshi

Avvalroq, Fransiya prezidenti 2020-yilda sammitga Rossiyani qo‘shib olishni taklif qilganida Donald Tramp bunga rozi bo‘lgan edi. O‘z o‘rnida, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson esa Rossiyaning “Buyuk sakkizlik”ka qaytishiga qarshi chiqdi.

2014-yilda Rossiya sammitdan chiqarilgan

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyani 2014-yil Ukraina va Qrimdagi voqealardan so‘ng dunyoning yetakchi davlatlari sammitiga taklif qilmay qo‘yishgandi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16