chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi

JAHON
11-Sentabr 2019
208

Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi. Bosh vazir Sindzo Abe hukumat a’zolari iste’fosini qabul qildi.

Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi

Yaponiya hukumati 11 sentyabr ertalab to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi. Bosh vazir Sindzo Abe hukumat a’zolari iste’fosini qabul qildi. Bunga esa Abe tomonidan iyuldagi saylovlar va iste’mol solig‘ining oktyabrga belgilangan 10 foizlik oshishi oldidan hukumat tarkibini o‘zgartirish rejasi sabab bo‘ldi.Bu haqda “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi. 

Avvalgi lavozimda faqat bosh kotib va moliya vaziri qoladi

2018 yil oktyabrdagi o‘zgarishlar natijasida vazirlar o‘z lavozimlarini saqlab qolgan bo‘lsalar, endi avvalgi lavozimlarda faqatgina hukumatning bosh kotibi  Yosixide Suga va moliya vaziri Taro Aso qoladi.

Hukumatning yangi tarkibi e’lon qilinadi

Kunning 2-yarmida hukumatning yangi tarkibi e’lon qilinishi kutilmoqda. So‘ngra yangi hukumat imperator tomonidan tasdiqlanadi va shundan keyingina rasman shakllantirilgan deb hisoblanadi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16