chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni yanada oshirmaganidan afsusda

JAHON
25-avgust 2019
94

Oq uy matbuot kotibi Stefani Grishamning so‘zlariga qaraganda, AQSh prezidenti Donald Tramp uning so‘zlari OAV tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingach, u Xitoy tovarlariga bojlarni yanada oshirmaganidan afsusda ekanligini aytgan. U oldinroq 1-sentabrdan bojlarni 15 foizgacha oshirishini ma’lum qilgan.  

Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni yanada oshirmaganidan afsusda

Oq uy matbuot kotibi Stefani Grishamning so‘zlariga qaraganda, AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika ommaviy axborot vositalari uning so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilganidan keyin Xitoy tovarlariga bojlarni yanada oshirmaganidan afsusda. Bu haqda New York Times nashri xabar berdi.

OAV noto‘g‘ri talqin qilgan

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson bilan ikki tomonlama muzokaralar paytida AQShning bir qator nashrlari vakillari Trampdan Xitoy bilan savdo urushi avj olganligi afsuslanishi haqidagi savollarga u ijobiy javob qaytargan. Shundan so‘ng, bir qator ommaviy axborot vositalari Tramp Xitoy bilan savdo urushidan afsusda ekanligi haqida yozgan.

Yanada oshirmaganidan afsusda

“Uning javobi noto‘g‘ri talqin qilingan. Prezident Tramp ijobiy qaytarganining sababi, u bojlarni yanada baland oshirmaganidan afsusda”, – deyiladi Prezident matbuot kotibi bayonotida.

Qayd etish lozim, oldinroq Tramp 1 sentyabrdan AQSh Qo‘shma Shtatlarning Xitoydan olib kiradigan tovarlarga boj to‘lovlarini rejalashtirilganidek 10 foizga emas, balki 15 foizga oshirishini aytgandi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16