yakshanba, 2019 avgust 25
36° TAS
9384 USD
140.14 RUB
10393.72 EUR
11378.1 GBP

O‘zbek generali Afg‘oniston prezidentini aybladi

JAHON
14-avgust 2019
34

Shimoliy Afg‘onistondagi o‘zbeklar yekachisi, o‘zbek generali Abdulrashid Do‘stum Afg‘oniston prezidenti davlat zahiralarini noqonuniy ravishda sarflashda ayblandi.

O‘zbek generali Afg‘oniston prezidentini aybladi

Afg‘oniston vitse-prezidenti general Abdulrashid Do‘stum prezident Ashraf G‘anini davlat zaxiralaridan noqonuniy foydalanishda aybladi. Bu haqda “Afghanistan.ru” nashri ma’lum qildi.

Shuningdek, o‘zbek generalining aytishicha, Afg‘oniston prezidenti saylovoldi nutqlaridan birida aholiga qonunni buzuvchi o‘zboshimcha avtoritetlarga qarshi kurashishni va’da bergan. Uning so`zlariga ko`ra, bu fikrlar Do`stumning o`ziga qaratilgan

Kim diktator?

Do‘stum Qurdon Hayit munosabati bilan so‘zlagan nutqida ommaga “Kim diktator?” degan savol bilan yuzlangan.

“Bizdan qaysi birimiz diktator – bizmi yoki “Davlat quruvchisi” jamoasimi? Siz davlat zaxiralarini suiiste’mol qilasiz. Siz bojxona mablag‘laridan foydalanasiz. Siz hukumatga tegishli samolyotlardan foydalanasiz”, deydi Abdulrashid Do‘stum.  

Generalning aytishicha, prezidentning harakatlari na afg‘on, na xorijiy siyosatchilar tomonidan ma’qullanadi. U, shuningdek, G‘ani blokiga vitse-prezident lavozimiga nomzod sifatida kirgan sobiq ichki ishlar vaziri Amrulloh Salohning bu tanlovini qoralagan. 

Eslatib o‘tamiz, Do‘stum Afg‘onistonda 14 oy bo‘lmagandan keyin 2018 yil u erga qaytgan. Generalning bunday uzoq vaqt bo‘lmagani afg‘on siyosiy doiralarida surgun deb baholangan. Do‘stum ayni vaqtda 2014 yildagi saylovlarda G‘anining bosh raqibi bo‘lgan bosh vazir Abdulloh Abdulloh bloki ishtirokchilari qatoriga kiradi.

 

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16