chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Maykl Jordan “Dorian” to‘foni natijasida yuzaga kelgan talafot uchun 1 mln dollar xayriya qilmoqchi

JAHON
11-Sentabr 2019
40

Basketbol ustasi Maykl Jordan "Dorian" dovuli oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlarga 1 mln AQSh dollari xayriya qilmoqchiligini ma’lum qildi.

Maykl Jordan “Dorian” to‘foni natijasida yuzaga kelgan talafot uchun 1 mln dollar xayriya qilmoqchi

Basketbol ustasi Maykl Jordan Bagama orollarida "Dorian" dovuli oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlarga 1 mln AQSh dollari xayriya qilmoqchi. Bu haqda sportchining rasmiy vakili Esti Portnoy Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.

“Vaziyatni diqqat bilan kuzatib boraman”

“Men “Dorian” to‘foni Bagam orollariga olib kelgan vayronaliklarni ko‘rib juda ta’sirlandim, u yerda mening ko‘chmas mulkim bor va u yerga tez-tez borib turaman. Mening yuragim  yaqinlaridan ayrilgan har bir inson bilan birga. Men vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapman. Umid qilamanki, mening yordamim ushbu falokatdan xalos bo‘lishga yordam beradi”, dedi Maykl Jordan bergan bayonotida. 

Shimoliy Karolina uchun 2 mln dollar xayriya qilingan

Maykl Jordan o‘tgan yili Shimoliy Karolinada bo‘lgan dovul natijasida yuzaga kelgan talafotlarni bartaraf etish uchun 2 mln AQSh dollari xayriya qilgan.

Oldinroq, “Dorian” to‘foni tufayli halok bo‘lganlar soni 50 nafarga yetganligi, ko‘plab hududlarni suv bosganligi, shuningdek, oziq-ovqat taqsimoti “muammo” bo‘lib, orollarning ba’zi joylaridagi ichimlik suvi gigienaga to‘g‘ri kelmay qolganligi haqida xabar berilgan edi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16