chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Kim Chen In ulkan hajmdagi raketa  sinovida qatnashdi

JAHON
11-Sentabr 2019
16

Kim Chen In ulkan hajmdagi raketa tizimi sinovlarida qatnashdi. Raketalarning qaysi hududdan va qaysi yo‘nalishdan qancha uzoqlikka uchirilgani haqida ma’lumot berilmagan.

Kim Chen In ulkan hajmdagi raketa  sinovida qatnashdi

Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In seshanba kuni ulkan hajmdagi raketa tizimi sinovlarida qatnashdi. Bu haqda Koreya Markaziy yangiliklar agentligi xabar berdi.

To‘liq sinovdan o‘tgan

“Oliy Rahnamoning ta’kidlashicha, juda katta hajmdagi bir nechta raketa tizimining qurol tizimi jangovar harakatlar, traektoriya xususiyatlari, aniqlik va qaytish funktsiyalari nuqtai nazaridan to‘liq sinovdan o‘tgan”, deyiladi agentlik xabarida.

Agentlik xabarida raketalarning qaysi hududdan va qaysi yo‘nalishdan qancha uzoqlikka uchirilgani haqida ma’lumot berilmagan.

Qayd etish lozim, kecha  Shimoliy Koreya tomonidan Pxyonan-Namdo provintsiyasidan Yaponiya dengizi tomon yana 2 ta qisqa masofali noma’lum snaryad uchirilgani haqida xabar bergandik.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16