chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Italiya parlamenti yangi hukumatga ishonch bildirdi

JAHON
11-Sentabr 2019
7

Italiya quyi palatasi vakillari mamlakatdagi yangi hukumatga ishonch bildirishdi. Mamlakatning Djuzeppe Konte boshliq sobiq hukumati 20 avgust kuni iste’foga chiqishgandi.

Italiya parlamenti yangi hukumatga ishonch bildirdi

Italiya parlamentining quyi palatasi yangi hukumatga ishonch bildirdi. 630 kishidan 343 tasi yangi xukumatni yoqlab ovoz berdi deya xabar beradi “Regnum” nashri.

Yangi koalitsiyaga ishonch katta

Yangi koalitsiya tuzgan ikki partiya vakillaridan tashqari liberallar va populistlar, kichik fraksiyalar vakillari ham hukumatga ishonch uchun ovoz berishdi. Markaz-o‘ng partiyalardan deputatlar esa, qarshi ovoz berishdi. Endilikda yangi hukumat parlamentning yuqori palatasida tasdiq jarayonidan o‘tishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Italiya Bosh vaziri Djuzeppe Konte 20 avgust kuni mamlakat Senatida nutq so‘zlar ekan, iste’foga chiqishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Bosh vazir Italiyaning "Liga" partiyasi rahbari Matteo Salvinini “siyosiy ma’suliyatsizlikda" ayblagandi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16