chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Qirg‘iziston: Ommaviy qirg‘in qurollari(WMD) tarqalishiga qarshi kurash choralari takomillashtirilmoqda

JAHON
11-Sentabr 2019
16

Issiqko‘l viloyatida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) va Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirligi tomonidan ommaviy qirg‘in qurollari(WMD) tarqalishining oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Qirg‘iziston: Ommaviy qirg‘in qurollari(WMD) tarqalishiga qarshi kurash choralari takomillashtirilmoqda

9-11-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan davra suhbati BMT Xavfsizlik kengashining ommaviy qirg‘in qurollari(WMD) tarqalishining oldini olishga qaratilgan 1540 sonli rezolyutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qirg‘izistonda 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan Milliy harakatlar rejasiga bag‘ishlandi. Bu haqda CARAVANSERAI xabar berdi.

«Ushbu tadbir konstruktiv muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi hamda mamlakat ichida va tashqarisida WMD tarqalishining oldini olishni yanada samaraliroq nazorat qilish bo‘yicha Qirg‘izistonning sa’y-harakatlarini birlashtiradi», dedi Iqtisodiyot vazirligining tarifsiz tartibga solish va eksport nazorati boshqarmasi boshlig‘i Nazar Malayev.

Vazirlik 1540 sonli rezolyutsiya ijrosi bo‘yicha Milliy harakatlar rejasining amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi asosiy davlat idorasi hisoblanadi.

“Qirg‘iziston urush vaqtida kimyoviy va biologik qurol ishlatishni taqiqlovchi 1925 yilgi Jeneva protokoliga qo‘shilgan ilk Markaziy Osiyoda davlati bo‘lgan edi”, dedi Malayev.

Yangi tavsiyalar berildi

Davra suhbatida Qirg‘izistondagi tegishli vazirlik va idoralarning mansabdor shaxslari, shuningdek, 1540 sonli rezolyutsiya ijrosiga mas’ul bo‘lgan mutaxassislar Milliy harakatlar rejasining ijrosini muhokama qilib, kelgusida amalga oshiriladigan tavsiyalarni ishlab chiqdilar. Shuningdek, ishtirokchilar Qirg‘iziston tomonidan qabul qilingan huquqiy choralar va tegishli qonunlarning ishlab chiqilishini muhokama qildilar.

«Qirg‘iz rasmiylarining bu kabi tadbirlardagi faol ishtiroki Qirg‘izistonning o‘z xalqaro majburiyatlarini bajarishga tayyorligini yana bir karra tasdiqlaydi», dedi YXHTning Bishkekdagi idorasi rahbari Per fon Arks.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16