chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Eronlik ayol stadionga kirish taqiqlangani sababli o‘ziga o‘t qo‘ydi  

JAHON
11-Sentabr 2019
90

Eronda futbol bahsini tomosha qilish uchun stadionga kirgani uchun hibsga olingan ayol o‘zini yoqib yubordi.

Eronlik ayol stadionga tashrif buyurish taqiqlangani sababli o‘ziga o‘t qo‘ydi  

Eronning “Istiqlol” futbol klubi yosh muxlisasi sevimli jamoasi uchrashuvini stadionda tomosha qilgani uchun hibsga olindi. U huquq-tartibot organlarinng bu harakatiga qarshi o‘zini yoqib yuborgan. 

foto ManatoNews (Twitter)

Shifoxonada vafot etgan

O‘ziga o‘t qo‘ygan futbol muxlisasi shifoxonaga olib borilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, ayol bir necha soatdan keyin vafot etgan. 

U 6 oyga qamalgan

"Istiqlol" klubi Twitter sahifasida yozilishcha, uning ismi Sahar bo‘lgan. U jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga borgan. Natijada uni huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan hibsga olinib, 6 oylik qamoq jazosiga hukm etilgan. Bunga qarshi u noroziligini namoyish etib, o‘ziga o‘t qo‘ygan. 

"Istiqlol" uning uchun hech narsa qila olmaydi

Jamoa sahifasida u qonunni buzib bo‘lsada, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga kirgani, ammo jamoa uni qo‘llash uchun hech narsa qila olmasligi yozilgan.

“Bizning qadrdon Sahar, u “Istiqlol”ni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga borganligi sababli 6 oylik qamoq jazosiga mahkum etilganida o‘zini o‘ldirdi.

Siyosat taqiqlaganiga qaramay, u bizni qo‘llab-quvvatladi, ammo uni qo‘llab-quvvatlash uchun nima qilishimiz kerak? Hech narsa,” deb yozgan “Istiqlol” Twitter’da.

Eslatib o‘tamiz, Eron Islom Respublikasidagi stadionlarga ayollarni kiritish taqiqlangan. Eronlik muxlislar uzoq vaqtdan beri erkaklar futbolini tomosha qilishlariga ruxsat berish uchun kampaniyalar olib boradi.

 

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16