yakshanba, 2019 avgust 25
36° TAS
9384 USD
140.14 RUB
10393.72 EUR
11378.1 GBP

Efiopiya: Pushkin haykali ota yurtida qad rostlaydi

JAHON
13-avgust 2019
7

Addis-Abebeda bobosi efiopiyalik bo‘lgan Pushkinning yana bir haykali o‘rnatiladi. Abram Gannibal nabirasining haykali balandligi 5 – 5,5 metrni tashkil etadi.

Efiopiya: Pushkin haykali ota yurtida qad rostlaydi

Efiopiyaning Moskvadagi elchisi Alemayexu Tegenu Argau tez orada Aleksandr Pushkin haykali ochilishini ma’lum qildi.

5 – 5,5 metrlik Pushkin haykali

“Kelajakda Pushkinning yana bir yirik haykalini qurish rejasi bor. Ushbu loyiha ustida Efiopiya va Rossiyaning taniqli haykaltarosh, olim va tarixchilari ish olib bormoqda”, deydi elchi o‘z intervyusida. U ayni vaqtda Addis-Abebeda rus shoirining bir haykali va maydoni borligini eslatib o‘tgan.

Efiopiya poytaxti markazida qad rostlaydigan Abram Gannibal nabirasining haykali balandligi 5 – 5,5 metrni tashkil etadi. Haykaltaroshlardan biri rus shoirining bilan bog‘liqligini to‘liq ifodalash uchun Gannibal haykali ham joy olishini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, rus shoiri Pushkinning bobosi Abram Gannibal kelib chiqishi efiopiyalik hisoblanadi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16