chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

AQShning Kobuldagi elchixonasi oldida katta portlash sodir bo‘ldi

JAHON
11-Sentabr 2019
17

AQShning Kobuldagi elchixonasi oldida katta portlash sodir bo‘ldi. Hodisa uchun javobgarlikni Tolibon o‘z zimmmasiga oldi.

AQShning Kobuldagi elchixonasi oldida katta portlash sodir bo‘ldi

Chorshanba kuni ertalab AQShning Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi elchixonasi oldida katta portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda FoxNews xabar berdi. Hozircha jarblanganlar va vafot etganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Tramp hali afsuslanadi

Ushbu hodisa uchun javobgarlikni Tolibon harakati o‘z zimmasiga oldi. Harakat so‘zchisi Zabihulloh Mujohidning Al Jazeera’ga aytishicha, Tramp tinchlik kelishuvidan voz kechgani uchun hali “afsuslanadi”.

“AQShning Afg‘onistondagi okkupatsiyasini tugatishning ikki yo‘li mavjud. Birinchisi jang va jihod bilan, ikkinchisi esa muzokara va tinchlik bilan. Agar Tramp kelishuvdan voz kechishni istasa, biz birinchi yo‘ldan boramiz”, deydi u so‘zida.

Nьyu-Yorkdagi 11 sentyabrь voqealari haqidagi eslatma

Qobuldagi portlashlar AQShga Nьyu-Yorkdagi 11 sentyabrь voqealari haqidagi eslatma bo‘ldi. O‘shanda “Al Qoida” guruhi vakillar boshqaruvida bo‘lgan samolyotlar Nьyu Yorkdagi Butunjahon savdo markazigi borib urilgandi. Voqea oqibatida esa 2974 kishi vafot etgan va 24 kishi bedarak yo‘qolgandi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16