chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

O‘zbek kompaniyalari Qozog‘iston fond birjasida aksiyalarini sotishi mumkin

IQTISODIYOT
11-Sentabr 2019
63

Qozogʻiston fond birjasi oʻzbek kompaniyalariga oʻz aksiyalarini sotish va Qozogʻiston investorlaridan moliyalashtirish olishga imkoniyat yaratadi.

O‘zbek kompaniyalari Qozog‘iston fond birjasida aktsiyalarini sotishi mumkin

Togri.uz – Qozog‘iston fond birjasi boshqaruvi raisi (KASE) Alina Aldambergen bugungi kunda ikki mamlakat savdo ishtirokchilari va investorlar uchun ikki mamlakat bozorlariga o‘zaro kirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqilayotganini aytdi.

O‘zbek kompaniyalari Qozog‘iston fond birjasida aktsiyalarini sotishi mumkin

O‘zbek kompaniyalari ishtiroki olqishlanmoqda

Uning so‘zlariga ko‘ra, aksiyalarni sotishning umumiy imkoniyatlarini yaratish uchun fond birjasida qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hisob-kitob va depozitar tizimlarini yaratish kerak.

KASE O‘zbekiston kompaniyalarining aksiyalar bozoriga kirishida katta salohiyat ko‘rmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Qozog‘iston bozorlariga kirish nafaqat o‘zbek tomoni, balki Qozog‘iston investorlari uchun ham qiziqarli.

Qozog‘iston fond birjasi xizmatlari ro‘yxati

O‘zbekiston kompaniyalari uchun KASE quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:

- qimmatli qog‘ozlarni ommaviy muomalaga kiritish va axborotni oshkor qilish uchun shart-sharoitlarni yaratishni o‘z ichiga olgan listing;

- savdo natijalari, real vaqtdagi kotirovkalar haqida bozor ma’lumotlarini taqdim etish;

- qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyutalar va boshqa savdolarda ishtirok etish.

Birja haqida

Qozog‘iston fond birjasi (KASE) 1993-yilda tashkil etilgan savdo platformasi hisoblanadi. MDHda birjalar o‘rtasida kapitallashuv bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16