chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Xizmat vazifasini yo‘lda o‘tkazayotgan ishchilar uchun ustamalar joriy etiladi

IQTISODIYOT
11-Sentabr 2019
83

Ko‘chma va qatnash tusidagi ishlar bilan bog‘liq ustamalar to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Unda  xizmat vazifasining asosiy qismini ish joyidan olisda o‘tkazayotgan ishchilar uchun ustamalar berish joriy etilishi belgilangan.

Xizmat vazifasini yo‘lda o‘tkazayotgan ishchilar uchun ustamalar berish joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ko‘chma va qatnash tusidagi ishlar bilan bog‘liq ustamalar to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra xizmat fazifasini ish joyidan olisda bajargan ishchi alohida ustama olishi ko‘rsatilgan.

Mazkur nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori joriy yilning 6 sentyabrь kuni qabul qilingan. Nizomga muvofiq, ko‘chma yoki qatnash tusidagi ishlarning xususiyati va ustamalar miqdori ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomasida ko‘rsatiladi.

Ko‘chma xususiyat uchun ustama kimlarga beriladi?

Ishning ko‘chma xususiyati uchun ustama kunlik xizmat safariga yuboriladigan xodimlarga – ya’ni tashkilot joylashgan joydan ish (ob’ekt) joyiga muntazam xizmat safarlarini amalga oshirish bilan bog‘liq ishni, biroq har kuni yashash joyiga yoki tashkilot joylashgan joyga qaytib kelish mumkin bo‘lgan ob’ektlarda ishni bajaruvchi xodimlarga beriladi. Shuningdek, doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan xodimlarga ham ustama berish belgilanadi.

Qatnash xususiyati uchun ustama kimlar uchun belgilanadi?

Ishning qatnash xususiyati uchun ustama ishlab chiqarish zarurati tufayli har kuni doimiy yashash joyiga qaytib kela olmaydigan xodimlarga belgilanadi. Bunda ishchining doimiy yashash joyidan uzilganligi bilan bog‘liq oshgan xarajatlarni qoplash nazarda tutiladi. 

Barchasi shartnomada ko‘rsatiladi

Bunday ishlar uchun ustamalar belgilanadigan xodimlar kasblari va lavozimlari ro‘yxati shaklllantiriladi. Shuningdek, ustamalar miqdori ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda belgilanadi. Bular jamoa shartnomasida ko‘rsatiladi.

Ustama uchun daromad solig‘i amal qilmaydi

Bunda ustama miqdori respublika hududida belgilangan bir oylik eng kam ish haqi miqdoridan oshmasligi kerak. Shuningdek, belgilangan miqdorlardan oshmaydigan ko‘chma va qatnash tusidagi ishlar uchun to‘langan ustamalarga daromad solig‘i solinmaydi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16