chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

O‘qituvchilarga imtiyozli avtokreditlar beriladi

IQTISODIYOT
30-avgust 2019

Ta’lim sohasida ishlayotgan xodimlarga imtiyozli shartlar bilan mashina xarid qilish imkoniyati taqdim etiladi.

O‘qituvchilar uchun mashinalarni imtiyozli sotib olish dasturi ishlab chiqildi

"O‘zavtosanoat" AJ rahbari Shavkat Umirzoqov o‘qituvchilar ham mashina sotib olishi mumkin bo‘lgan dastur ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Bu haqda Togri.uz muxbiri xabar bermoqda.

30 avgust kuni UzAutor Market - birinchi innovatsion startap-platforma ochilish marosimida nutq so‘zlagan jamiyat rahbari tez orada o‘qituvchilar uchun imtiyozli shartlar bilan mashina xarid qilish imkoniyatini beruvchi dastur ishga tushishini ma’lum qildi.

O‘qituvchilar uchun mashina narxlaridan chegirma qilinadi

Togri.uz manbasi ma’lumotiga ko‘ra, Asakabank bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan imtiyozli avtokredit shartlariga muvofiq, o‘qituvchilar avtomobil narxining 50 foizi miqdorida to‘lov qilib, yillik 5 foiz stavkadagi kreditni olishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, avtokredit 2 yilga beriladi. Shuningdek, “O‘zavtosanoat“ tomonidan o‘qituvchilarga ayrim mashinalarni avtokredit orqali sotib olishda chegirmalar taqdim etiladi. Masalan, Trackerʼga 11,6 foiz (chegirma bilan 190 million so‘m bo‘ladi) narxidan o‘tib beriladi. Qolaversa, Malibuʼga 7,4 foizda chegirma berish nazarda tutilmoqda.

Loyihadagi ayrim mashinalar soni cheklangan

"O‘zavtosanoat"ning Infinbank bilan hamkorlikda ishlab chiqqan o‘qituvchilar uchun avtokredit loyihasiga ko‘ra, mashina narxining 25 foizini to‘lab, yillik 16 foizli avtokreditni 3 yilga rasmiylashtirish mumkin. Damas, Spark yo Nexia 3 taklif etilayotgan loyihada mashinalar soni chegaralangan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu avtokreditlar maktabgacha ta’lim, oliy ta’lim muassasalari xodimlariga ham tatbiq etilishi mumkin.

Ayni paytda avtokredit loyihalari rasman e’lon qilinmadi.

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16