chorshanba, 2019 Sentabr 18
33° TAS
9411.3 USD
146.51 RUB
10421.13 EUR
11764.13 GBP

Davlat “Urganch yog‘-moy” zavodidagi ulushini sotadi

IQTISODIYOT
25-avgust 2019
37

1889-yili Yangi Urganchda ishga tushgan yog‘-moy zavodidagi qariyb 11,3 mlrd. so'mlik davlat ulushi sotiladi.

Davlat “Urganch yog‘-moy” zavodidagi ulushini sotadi

​Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi “Urganch yog‘-moy” ​AJ ustav fondida mavjud 60,3 foiz davlat ulushini sotadi. Bu haqda qo‘mita Togri.uz'ga ma’lum qildi. 

Davlat paketi 11 milliard so‘mdan ziyodga baholanadi

Umumiy qiymati 11 milliard 285 million so‘mdan ortiq qariyb 18,7 ming dona aksiya shu yilning 23 sentyabrdan "Toshkent RFB" savdolariga qo‘yiladi.

Ta’kidlanishicha, bir dona aksiyaning savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi 8 300 so‘mdan kam bo‘lmaydi. 

Germaniyalik aka-ukalar rekonstruksiya qilgan zavod

Zavod 1889 yil dekabr oyida “Bolshaya Yaroslavskaya Manufaktura” shirkati (Chor Rossiyasi) tomonidan  Yangi Urganchda ishga tushirilgan ilk sanoat korxonasi bo‘lib, unda bor-yo‘g‘i 60 kishi ishlagan va yiliga 50 tonna paxta xom ashyosini qayta ishlab, qora yog‘ ishlab chiqarilgan.​

1910 yilda korxona korpuslari yangidan qurilgan va germaniyalik aka-uka Kraftlar tomonidan o‘zlari olib kelgan zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan. Zavod 1920 yilgacha o‘z xo‘jayinlariga katta daromad keltirgan. Korxona fuqarolar urushi tufayli 2 yil to‘xtab qolgan va so‘ngra milliylashtirilgan.​

Bog'liq Yangiliklar

Togri.uz haqida

"Togri.uz" saytida nashr etilgan matn, audio va video materiallardan foydalanilganda birinchi xatboshidayoq ularga havola berilishi va “togri.uz” nomi eslatilishi shart. Guvohnoma: №1295. Berilgan sanasi: 10.06.2019. Muassis: “True Press Network” MCHJ. Rahbar: N. Ibragimov. Tahririyat manzili: 100017, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 16-uy. Email: info@togri.uz. +998 71 207 11 16